Asialuxe Travel milliy turoperatori yangi yilni odatiy nishonlash o‘rniga bayram kayfiyati uchun ommabop hisoblangan davlatlar haqida ma’lumot berdi.

O‘zgacha muhit va yaqinlaringiz bilan nishonlashni xohlaydigan bayramlardan biri bo‘lgan Yangi yilga ozgina qoldi. Olive, xolodets, mandarin va bayram dasturxoni, albatta, yaxshi. Lekin bayramni odatiy tarzda nishonlash o‘rniga boshqa davlatlarga uchib ketish ham mumkin.

Bugun Asialuxe Travel milliy turoperatori “Qayerga jo‘nab ketish mumkin?”, “Bu qancha bo‘ladi?” va “U yerlarda nimalar bilan shug‘ullanish mumkin?” degan savollarga javob beradi.

Maldiv orollari

Yangi yilni ertaklardagidek orollarda kutib olish o‘zgacha yoqimli bo‘ladi. Bayram ta’tilini Maldivda o‘tkazish — bu sokinlikni yaxshi ko‘radigan, lekin bayram gala-kechki ovqatidan bahramand bo‘lishni xohlaydiganlar uchun ajoyib variant. Maldivda Yangi yil kechasi ochiq yulduzli osmon ostidagi raqslar, qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar, mazali yeguliklar va bayram mushakbozligi bilan esda qoladi.

1 yanvar kuni tropik kokteyl bilan qumli plyajda yotish yoki hayratlanarli marjon qoyalar sari sho‘ng‘ish — tanlov sizniki.

30 dekabrdan 6 yanvargacha kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishilik xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 23 mln so‘mdan boshlanadi.

BAA

Aynan Amirliklarda Yangi yil o‘zgacha nishonlanadi. Turli yeguliklar, ajoyib shou va yulduzlarning chiqishlarini taqdim etadigan restoranlardagi ziyofatlarga joylar oldindan band qilinadi, Dauntaunda Burj Xalifa binosidagi mushakbozlik esa alohida e’tiborga loyiq.

reklama

Yangi yil ta’tilida Dubayga butun dunyodan minglab sayohatchilar tashrif buyurishadi, qishda bu yerda ob-havo iliq va qulay bo‘ladi. Unutilmas bayram kechasidan keyin All Inclusive tizimidagi kurortlarda yoki faol ekskursion dasturga ega shahar mehmonxonalarida dam olish mumkin.

30 dekabrdan 4 yanvargacha kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishilik xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 18 mln so‘mdan boshlanadi.

Misr

Taniqli Sharm-el-Sheyx kurorti ekzotik va rang-barang. Kurort Yangi yilni kutib olish uchun ajoyib variantlardan biri hisoblanadi. Qizil dengiz qirg‘og‘idagi deyarli barcha mehmonxonalar gala-kechki ovqat, yulduzli mehmonlar va barcha yoshdagilar uchun ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladigan bayram dasturlarini tayyorlashadi. Barcha joyda bayram muhiti hukm suradi, noodatiy bezaklar sifatida esa tuyalarni uchratish mumkin.

reklama

Ob-havo iliq va mayin, sayyohlarni hayratlanarli dayving va mahalliy go‘zalliklar bo‘ylab dengiz kruiziga chorlab turadi.

31 dekabrdan 7 yanvargacha turistik to‘plam narxi ikki kishilik xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 12,3 mln so‘mdan boshlanadi.

Turkiya

Turkiya — bu faqat yoz va jazirama degani emas. Antaliya kurortlari sizga Yangi yilni “turkcha” nishonlashni taklif qiladi. Yozgi mavsumdan farqli ravishda, qishda bu yer sokin, hashamatli mehmonxonalar narxlari esa ancha hamyonbop.

Bayramda Antaliya kurortlari mehmonlarni Yangi yil bezaklari, mahalliy va xorijiy taniqli kishilarning chiqishlari, ajoyib gala-kechki ovqat hamda yuqori toifali servis bilan xursand qilishadi. Isitish tizimiga ega basseynlar esa dengiz o‘rnini bosadi.

30 dekabrdan 6 yanvargacha kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishilik xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 12,8 mln so‘mdan boshlanadi.

reklama

Yevropa

Qishki Yevropa muhiti — qorli Shveysariya, ertaklardagidek Laplandiya, qadimiy Praga va romantik Parijdagi bayram kayfiyatini albatta his qilib ko‘rishingiz kerak.

Eng qulayi — viza olib, Yangi yil ta’tili vaqtida bir nechta Yevropa davlatlariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Turistik to‘plam narxi talablardan kelib chiqqan holda individual hisoblanadi.

Yangi yilni nishonlash uchun lokatsiya tanlaganingizda eng muhimini unutmaslik kerak — qayerga borsangiz ham, yaqinlaringizni olib borish va har bir lahzadan zavqlanish mumkin.

reklama

Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni (+998) 71−211−22−22 va (+998) 71 201−77−77 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olsangiz bo‘ladi.

Turistik to‘plamlarni Asialuxe Travel kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha sayyohlik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel — sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz
Telegram: t.me/Asialuxe
Goryaiye turы v Telegram: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida.