Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati viloyatdagi sanoat korxonalaridan gaz uzib qo‘yilishi oqibatida 10 minglab aholi ishsiz qolayotgani, ular gaz ulab berilishini so‘rab, ko‘chaga chiqishayotgani aytilgan videoxabar yuzasidan munosabat bildirdi.

29 noyabr kuni aholiga tabiiy gazni ko‘proq yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston tumani «Sho‘rsuv» MFYda joylashgan Albus gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.

6 dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi nozoriliklarni uyushtirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchiciga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi 7 dekabr kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.