6 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefonda suhbatlashib, uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat davomida ikki tomon yetakchilari bo‘lajak muloqotlarning kun tartibini sifat jihatidan boyitish maqsadida savdo shartnomalari va investitsiya dasturlari portfelini kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Qirg‘iziston nashrlarining qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev 9 dekabr kuni Qirg‘izistonga boradi. Bu haqda Jogorku Keneshining Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi yig‘ilishida tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Aibek Artikbayev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.