Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi Sankt-Peterburg — Toshkent va Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda Uzbekistan airports matbuot xizmati.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17 dekabrga belgilandi. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgandi. Ammo reys 20 dekabrga ko‘chirildi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumot o‘rnida, «Aeroflot» shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Kompaniya guruhiga, shuningdek, «Rossiya» aviakompaniyasi va «Pobeda» loukoster aviakompaniyalari kiradi.