O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga sobiq xalq raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu xaqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Mamlakatning sobiq raisi 30 noyabr kuni 96 yoshida, oqqon kasalligi sababli vafot etdi.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», — deya Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga maktub yo‘lladi.

Prezident Xitoy davlati rahbari hamda marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.