Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi otxona yonib ketishi oqibatida 17 bosh toychoq halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro S.A. tumanning «Nurafshon» mahallasida yashovchi otasi A.J.ning «Yoyilma» mahallasi hududidagi otxonasi hamda u yerdagi mol-mulklarini ukasi A.S.ga berganidan norozi bo‘lgan, «mol-mulk noto‘g‘ri taqsimlandi», deb hisoblagan.

Shundan so‘ng, S.A. otxonaga benzin sepib, yoqib yuborgan. Oqibatda qiymati 102 million so‘mlik 17 bosh toy hamda bozor narxi 145 million 700 ming so‘mlik beda g‘arami hamda otxonaning tom qismi yonib ketdi.

Boshqarma xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.