28 noyabr, dushanba kuni Qoraqalpog‘istonda 1−2 iyul voqealari ishtirokchilari ustidan sud boshlanadi, deb xabar qildi parlamentning ushbu voqealarni o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiyasi.

Sud bo‘yicha boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi. Mustaqil komissiya shu kunga qadar Komissiya a’zolari taklifi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan 107 nafar ayblanuvchi jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o‘z oilasi bag‘riga qaytarilganini eslatib o‘tdi.

Komissiya a’zolari sud jarayonlarida ham kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.