Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida erkak xotinini urib o‘ldirdi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 15 noyabr kuni soat 16:53 da «Yangidiyor» MFYda yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro I.S xonadonida shar’iy nikohida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i 1972 yilda tug‘ilgan O‘.A. tomonidan kaltaklangan.

Erkak mast holatda, «nega meni haqorat qilasan», deya qo‘li bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda I.S olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.

Holat bo‘yicha 21 noyabr kuni viloyat prokuraturasi, viloyat IIB mas’ul rahbarlar va tuman sektor rahbarlari, MFY raisi, xotin qizlar faoli, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va 100 dan ziyod fuqarolar ishtirokida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.