Pure Milky mahsulotlari bugungi kunda ko‘pchilikning muzlatkichlarining qadrli “mehmoniga” aylanib qolgan. Pure Milky sut mahsulotlari qanday qilib qisqa muddat ichida sevimli yegulikka, nonushtaga aylangani va buning siri nimada ekanligini aytib berdi. Kompaniya Samarqand viloyati, Toyloq tumanida joylashgan Pure Milky korxonasidan reportaj tayyorladi.

Shaxsiy fermalar

Korxona maydoni bir necha gektar bo‘lgan xududni egallagan. Pure Milky kompaniyasinining shaxsiy yirik fermalari mavjud bo‘lib, ular tashkilotni to‘liq sut bilan ta’minlaydi. Bittagina chorvachilik fermasida 2100 ta sigir parvarishlanadi, jami tashkilotga tegishli 8000 bosh chorva mavjud. Ular orasida oddiy sigirlar yo‘q, hammasi zotdor — “golshteyn” zotli, Yevropadan keltirilib, ko‘paytirilgan sigirlar. Mahalliy sigirlardan farqli tarzda bir kunda 30−35 litr sut beradi deydi fermer xujalik raxbari Xojikulov Sardor. Sigir sog‘ish tizimi avtomatik tarzda tashkillashtirilgan bo‘lib — bu hatto qo‘l bilan sog‘ishga qaraganda jonivorlarni ancha avaylashi va jarohat yetkazmasligi bilan ahamiyatli.


Doimiy tarzda tekshiruvlar olib boriladi

Gap to‘yimli ozuqa haqida ketganda bir masalaga e’tibor qaratish kerak. Pure Milky sigirlar ozuqasi bilan bog‘liq masalani ham o‘z hududida hal etgan, chunki kompaniyaning o‘ziga nisbatan talabi katta. Sut mahsulotga aylantirilishi paytida nazoratdan o‘tishi barobarida har bir fermaning o‘z laboratoriyasi mavjud — u yerda ichimlik bir necha xil tekshiruvlardan o‘tadi.


Oqlik — tozalik degani

Bu tashkilot — muzlatkichlarning doimiy mehmoni bo‘lgan Pure Milky mahsulotlari ishlab chiqariladigan sanoat hududi.

Va nixoyat ko‘pchilik farzandlari bilan sevib iste’mol qiladigan kaymok, dasturxonning ko‘rkiga aylangan smetana, yogurtlar, qatiq va yana boshqa mahsulotlar. Tvoroglarning xilma-xilligi, nozik didli iste’molchining ham e’tiborini qozona oladigan pishloqlar. Ularning nomlari iste’molchiga yod bo‘lgan: Samarqand, Gauda, Kostromskiy, Xorazm.

Shuningdek, bu pishloqlar bugungi kunda qo‘shni Qozog‘istonga ham eksport qilinadi.

Mahsulotlarni joylashtirishdan tortib, qadoqlashgacha bo‘lgan jarayoni asosan avtomatlashtirilgan — inson omili kam ishlatiladi. Ammo nazorat tabiiyki lozim. Yana bir muhim nazorat — mahsulot sifatiga qaratilgan. Bu yerda xom ashyo bir necha usullar bilan tekshirilishi barobarida, tayyor mahsulot ko‘plab turdagi nazoratlardan o‘tishga majbur. Shundan so‘nggina u ist’emolchilarning muzlatkichlariga yetib keladi.


Manzillar aniq

Pure Milky anchadan beri mahsulotlari realizatsiyasi uchun manzil izlamaydi. Yuzlab savdo markazlari hamda do‘konlar ularning asosiy buyurtmachilariga aylanib ulgurgan. Shu buyurtmalarni amalga oshirish uchun ham korxona to‘la quvvat bilan ishlaydi. Korxona mahsulotlari nafaqat Samarqand, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatiladi.

Pure Milky fakt va raqamlarda

U 30 nomdagi yuqori sifatli, pasterizatsiyalangan sutdan tortib qaymoqqacha bo‘lgan turlarni jamlagan sut mahsulotlaridir. Pure Milky Works xususiy korxonasi o‘zining sutni qayta ishlovchi uchta fermasiga ega bo‘lib, ishlab chiqarish Yevropa andazalariga mos keladi. Kunlik sog‘im sut — 100 tonnani tashkil etib, bu raqam yuqori dovonlarni ko‘zlagan kompaniya uchun boshlanishi sanaladi. Bu yerda faqat oliy navli sut ishlatiladi.

Zavoddagi texnologik jarayon yopiq turda amalga oshiriladi va bu holat mahsulotlarning sifatiga putur yetkazmagan holda yaroqlilik muddatini uzoq vaqtga qadar saqlanib qolishini ta’minlaydi.

“Potrebitel.uz” Facebook ijtimoiy tarmokda va Telegram-kanaldagi faol a’zolarining Pure Milky korxonasiga utkazilgan ekskursiya buyicha taasurotlari.


Reklama huquqlari asosida.