Noyabr — «Keksalar turizmi oyi» ekanligi munosabat bilan Uzbekistan Airways ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga 25% chegirmalarni taqdim etadi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 1 noyabrdan 30 noyabrigacha amalga oshiriladigan mahalliy parvozlarda amal qiladi. Aviachipta xarid qilish jarayonida fuqarolar yonida pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim.

«Chegirma Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniyaning mamlakatdagi agentlari tomonidan taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.