25 yanvardan Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi Abu-Dabi — Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yadi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports.
Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari bo‘ladi.
Wizz Air — Vengriyaning arzon (loukoster) aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Avvalroq, BAAning WizzAir Abu Dhabi loukoster aviakompaniyasi 13 dekabrdan Samarqandga parvozlarni amalga oshirishi xabar qilingandi. Chiptalar narxi 40 dollardan boshlanadi. Kompaniya veb-saytida dastlabki reyslarning narxi 90 dollar ekanligi ko‘rsatilgandi.