19 va 20 oktabr kunlari Dubayda innovatsiya olamidagi eng zo‘r aql egalarini birlashtirishga mo‘ljallangan, Mena mintaqasidagi eng yirik innovatsion anjumanlardan va ko‘rgazmalardan biri bo‘lgan Future Innovation Summit bo‘lib o‘tdi.


Tadbir 3000 dan ortiq turli ishtirokchilarni birlashtirdi. Sammit doirasida tashkil etilgan ko‘rgazma xalqaro maydondagi milliy ishlanmalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan edi.

Ko‘rgazmada IT Park rezidenti Tad Industries kompaniyasi ham ishtirok etdi. Tad Industries O‘zbekistondagi sun’iy intellekt texnologiyalari asosida videotahlil qilish sohasida yuqori darajadagi aniqlikda odamlarning yuzlari, tasvirlari va harakatlarini tanib olish, shuningdek, transport vositalarini aniqlashning yuqori tezligini ta’minlovchi yetakchi kompaniyalardan biridir.


Kompaniya FaceIDS dasturining barcha imkoniyatlarini namoyish etdi.

Reklama huquqlari asosida.