20 oktabr kuni «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida» [PQ-406-sonli] prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

2021 yil 17 dekabr kuni Seul shahrida O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini ko‘rishda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolangan.

Qaror bilan shu bitim tasdiqlandi.

Endilikda Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul bo‘lgan vakolatli organ bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.