Davlat soliq qo‘mitasi taqdim etgan statistikaga ko‘ra, 2022 yil 1 oktabr holatiga soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.

Mavjud ma’lumotlar tahlili Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qilishini ko‘rsatdi.

Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.

Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obektlari 2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha — 3 240 ta, 5 mln so‘mdan ortiq — 255 tani tashkil etadi.

«2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun bilan: soliq solish maqsadida 2022 yilda ko‘chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:

  • ️Toshkent shahrida — 15 500 so‘m;
  • ️Nukus va viloyat markazlarida — 9 500 so‘m;
  • ️boshqa aholi punktlarida — 4 000 so‘m etib belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar tarkibiga kiradi va 12% stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi. Turar-joylarni talabalarga ijaraga bergan fuqarolar ushbu daromadi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lamaydi.

Jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini Soliq mobil ilovasida hisobga qo‘yishi mumkin.