2022 yilning 8 oktabr kuni O‘zbekiston triatlon federatsiyasi tomonidan ilk bor triatlon bo‘yicha xalqaro Osiyo Kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqalar Silk Road Samarkand markazida Sportni rivojlantirish vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tashkillashtirildi.

Ushbu musobaqada Xitoy, Avstraliya, Avstriya, Estoniya, Yaponiya, Lyuksemburg, Meksika, Ispaniya, Turkiya, Ukraina, AQSh kabi 25 ta davlatlardan 70 nafar sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekistonni besh nafar sportchidan iborat bo‘lgan triatlon bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy a’zolari hisoblangan Alina Hakimova, Aleksandr Kurishov, Arslon Tursunov, Kamran Xo‘jayev, Yuriy Glushko himoya qilishdi.


Sportchilar Olimpiya yoki standart masofani bosib o‘tib, dasturda belgilangan suzish bo‘yicha 1500 m, velosipedda 40 km, yugurish bo‘yicha 10 km masofani zabt etishlari kerak edi.

Ayollar o‘rtasida birinchi uchta o‘rinni quyidagi sportchilar egalladi:

  1. World Triathlon bayrog‘i ostida Xisca Tous — 1:58:27.
  2. Xitoylik Xinyu Lin — 1:58:32.
  3. Vengriyalik Noémi Sárszegi — 1:59:06.


Erkaklar o‘rtasida birinchi uchta o‘rinni quyidagi sportchilar egalladi:

  1. Ispaniyalik David Cantero Del Campo — 1:45:40.
  2. Ruminiyalik Felix Duchampt — 1:45:48.
  3. Lyuksemburglik Gregor Payet — 1:46:23.

Reklama.