Birlashgan Millatlar Tashkilotining 47 a’zodan iborat Inson huquqlari kengashi Xitoyning Sinszyan avtonom viloyatida huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha munozara o‘tkazishga qarshi ovoz berdi, deb xabar qildi kengash matbuot xizmati.

Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining 51-sessiyasi doirasida payshanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishдакuн tartibidagi masalani 17 davlat yoqladi, 11 davlat betaraf, 19 davlat qarshi ovoz bergan, jumladan Qozog‘iston va O‘zbekiston ham qarshilar tomonida qoldi.

Ovoz berishdan oldin qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi. Unda kengashga a’zo bir qancha davlatlar rezolyutsiya loyihasini yoqlagan yoki unga qarshi pozitsiyalarini bildirdi. Rezolyutsiya AQSh tomonidan taqdim etildi, loyihaga Buyuk Britaniya, Kanada, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Islandiya, Norvegiya, Avstraliya va Litva homiylik qilgan.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashidagi AQShning elchisi Mishel Teylor ta’kidlashicha, Sinszyanda inson huquqlari buzilgani haqidagi dalillar bir oy oldin chop etilgan BMT hisobotida qayd etilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala bo‘yicha neytral forumda bahslashish muhim.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (OHCHR) avgust oyidagi hisobotida uyg‘urlar va boshqa musulmon jamoalariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar, jumladan, qiynoqlar va boshqa shafqatsiz muomalalar, uyg‘ur ozchiligiga nisbatan jinsiy va jinsga asoslangan zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan.

Xitoyning Jenevada joylashgan doimiy vakolatxonasi hisobotni qoraladi va uning nashr etilishiga keskin qarshi chiqdi. Xitoy diplomatlari bu holatni «Xitoyga qarshi kuchlar tomonidan uydirilgan dezinformatsiya va yolg‘on» kampaniyasi va XXR ichki ishlariga aralashish deya fikr bildirdi.

«Agar nishon Xitoy bo‘lsa, ertaga boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar ham nishonga bo‘ladi. Bunday qaror loyihasini qabul qilishga ruxsat berish Sinszyan masalalari bahonasida G‘arbning Xitoyning ichki ishlariga aralashuvini qo‘llab-quvvatlash bilan barobar bo‘lib, uzoq muddatda Kengash faoliyatiga va inson huquqlari bo‘yicha xalqaro ishiga zarar yetkazadi», — dedi XXR vakili Chen Syuy.

Avvalrov, OHCHR boshlig‘i Mishel Bachelet 31 avgustda vakolat muddati tugagunga qadar e’lon qilmoqchi bo‘lgan Sinszyan bo‘yicha hisoboti munosabati bilan har tomondan bosim ostida ekanini aytgandi. Bachelet 23−28 may kunlari Xitoyga tashrif chog‘ida u bilan uchrashgan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy BMT Oliy komissarining tashrifi mamlakatdagi inson huquqlari ahvoli haqidagi yolg‘on va mish-mishlarni yo‘qqa chiqarishiga umid қилишиниайтди.

2020 yilda O‘zbekiston ilk bor BMT Inson huquqlari kengashiga uch yillik muddatga (2021−2023)saylangandi.