Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko, Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

7 oktabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi.