IIB Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida yashovchi, 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxs, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Q.Sh. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs bank kartasida mavjud bo‘lgan jami 5 mln so‘mdan ziyod pullarini yechib olganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqaro Q.Sh.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs Dehqonobod tumanida yashovchi, oilaviy shifokorlik punkti feldsheri V.E. ekanligi aniqlangan.

U mazkur jinoyatni fuqaro Q.Sh. oilaviy shifokorlik punktiga shifokor ko‘rigiga kelgan vaqtda, uning mobil telefonidan bank kartasi ma’lumotlarini va SMS-kodni qo‘lga kiritib, «CLICK Evolution» mobil ilovasi orqali pullarni o‘zlashtirgan.
V.E.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.