O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir etilgan terrorchilik hujumi yuzasidan bayonot berdi.

Xabarda keltirilishicha, terakt oqibatida o‘nlab insonlar, asosan, qizlar halok bo‘lgan va jarohatlangan.

«Xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Yana ro‘y bergan zo‘ravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va g‘ayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz", — deyiladi vazirlik bayonotida.