Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 73 yilligi munosabati bilan XXR Raisi Si Szinpinga tabrik yo‘llab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Maktubda dunyodagi murakkab vaziyatga qaramay, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda tobora mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

Yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirilgan davlat tashrifi va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ikkala mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining yangi darajasiga ko‘targani qayd etilgan. Tashrif chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagandi.

Shuningdek, muzokaralar so‘nggida O‘zbekiston va Xitoy ўртасидаимзоланган hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.