Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Sultanbekov Otabek Sabirovich tayinlandi. Bu haqda hokimlik matubot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar u Quyi Chirchiq tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Otabek Sultanbekov 1986 yilda Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Ma’lumoti — oliy. 2013 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.