Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Shavkat Zayniddinov. Foto: Yoshlar Ittifoqi.

Tayinlovga qadar u Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Botirov. Foto: O‘zA

Tayinlovga qadar u Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahri hokimi lavozimiga Otabek Nosirov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Otabek Nosirov. Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi.

O.Nosirov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Jizzax politexnika institutini, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

«Otabek Nosirov viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan davrida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirdi. To‘plagan ish tajribasi orqali Yangiyer shahrining drayver yo‘nalishlarini yaxshi biladi, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha astoydil mehnat qiladi degan umiddamiz», — deya ishonch bildirdi viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev.