Forbes Russia ilk bor O‘zbekistondagi eng ishonchli 10 bankni e’lon qildi. Unda nashr 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra banklarning reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralagan. Reytingda NBU — O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki yuqori pog‘onani egallagan.

«Davlat deyarli ishtirok etmaydigan Armaniston va Qozog‘iston bank sektorlaridan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda davlat banklari ustunlik qiladi», — deyiladi Forbes tomonidan e’lon qilingan maqolada.

Forbes’ning yozishicha, birgina ikkinchi chorakning o‘zida O‘zbekiston banklaridagi norezident hisobvaraqlari soni 47 mingtaga oshib, 169 mingtaga yetgan. Shu bilan birga, norezidentlarning asosiy qismi O‘zbekiston bank tizimiga Ukraina, Rossiya va Belarusdan kirgan — 1 iyul holatiga ko‘ra, rossiyaliklarning O‘zbekistondagi hisob raqamlarida 115 mln dollar bo‘lgan.

O‘zbekistonda 33 ta bank faoliyat yuritadi, shundan 12 tasi davlat ulushi mavjud banklar hisoblanadi. 1 avgust holatiga ko‘ra, aktivlarning 80%i va depozitlarning 67%i davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha bozor yetakchisi — NBU, ya’ni Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tiklanish va taraqqiyot davlat jamg‘armasiga tegishli) kreditlar va depozitlar bozorining 20 foizdan ortig‘ini egallab turibdi.

Reyting qanday hisoblangan?

Banklar reytinglar bo‘yicha saralangan. Agar banklarda reytinglar bir xil darajada bo‘lsa, ular aktivlar hajmiga qarab tartiblanadi. Reytingga ega bo‘lmagan banklar esa o‘z aktivlari hajmiga qarab tartiblanadi. Reytinglarning yo‘qligi banklarning ishonchsiz ekanligini anglatmaydi, bu ularning ishonchliligi haqida hech narsa ma’lum emasligini anglatadi. Aktivlar 2022 yil 1 aprel holatiga ko‘ra ko‘rsatilgan va o‘sha kundagi kurs bo‘yicha rublga aylantirilgan.

Forbes talqini bo‘yicha O‘zbekistondagi 10 ta eng ishonchli bank

1. O‘zMilliyBank (NBU)

  • Reytinglar: Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1
  • Aktivlar: 93 trln 114 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Alisher Mirsoatov
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Omonullo Nasriddinxo‘jayev
  • Egalik: O‘zbekiston Moliya vazirligi — 40,7%, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 59,3%.

2. Ipoteka bank

  • Reytinglar: Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1
  • Aktivlar: 37 trln 532 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Elyor Inomjonov
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Aleksandr Pikker
  • Egalik: O‘zbekiston Moliya vazirligi (96,9%).

3. Sanoat qurilish bank

  • Reytinglar: Fitch — BB-, S&P — BB-
  • Aktivlar: 55 trln 895 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Saxi Annaklichev
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Aziz Voitov
  • Egalik: O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 82,09%, O‘zbekiston Moliya vazirligi — 13,06%.

4. Xalq banki

  • Reytinglar: Fitch — BB-, S&P — BB-
  • Aktivlar: 26 trln 692 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Shuxrat Atabayev
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Timur Ishmetov
  • Egalik: O‘zbekiston Moliya vazirligi — 22,4%, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 77,6%.

5. Asakabank

  • Reytinglar: Fitch — BB-, Moody’s — B1
  • Aktivlar: 51 trln 940 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Nodirbek Saydullayev
  • Egalik: O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 71,23%, O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — 20,25%.

6. Agrobank

  • Reytinglar: Fitch — BB-, Moody’s — B1
  • Aktivlar: 40 trln 832 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Rustam Mamatqulov
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Axadbek Xaydarov
  • Egalik: O‘zbekiston Moliya vazirligi — 40%, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 19%.

7. Qishloq qurilish bank

  • Reytinglar: Fitch — BB-
  • Aktivlar: 21 trln 251 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Alisher Muratov
  • Egalik: O‘zbekiston Moliya vazirligi — 74%, O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 24%.

8. Mikrokreditbank

  • Reytinglar: Fitch — BB-
  • Aktivlar: 13 trln 597 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Orif Bo‘tayev
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Odilbek Isoqov
  • Egalik: O‘zbekiston Moliya vazirligi — 70,82%, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi — 28,15%.

9. Hamkorbank

  • Reytinglar: Moody’s — B2, S&P — B+
  • Aktivlar: 13 trln 200 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Baxtiyorjon Jo‘rayev
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Ikrom Ibragimov
  • Egalik: Ikrom Ibragimov — 49,8%, Gollandiya taraqqiyot banki FMO, Xalqaro moliya korporatsiyasi (Jahon banki guruhi) — 22%.

10. Kapitalbank

  • Reytinglar: Moody’s — B3, S&P — B-
  • Aktivlar: 16 trln 183 mlrd so‘m
  • Boshqaruv raisi: Alisher Mirzayev
  • Kuzatuv kengashi rahbari: Maqsud Abdusamadov
  • Egalik: Mart oyi boshiga qadar Alisher Usmonovning USM xoldingi («Telekominvest» va Finance TCI) tuzilmalari kompaniya aksiyalarining 61,5%iga egalik qilgan, biroq keyinchalik xolding ushbu kompaniyalarni bitim shartlarini oshkor qilmasdan sotgan. Bank saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning 81,6%i yettita yuridik shaxsga, 18,4%i 17 nafar yakka tartibdagi aksiyadorlarga tegishli.