Prezidentining 2021 yil 11 fevraldagi xususiylashtirishga tegishli fаrmонигаmувоfиқ «O‘zGASHKLITI» MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz (133,7 mlrd so‘m) davlat ulushini muzokaralarga ommaviy taklif etish usuli orqali sotish taklifi joriy yilning yanvar oyida e’lon qilingandi.

Grant Thornton xalqaro kompaniyasi ushbu bitim bo‘yicha agentlik maslahatchisi sifatida jalb qilingan va Dentons xalqaro yuridik firmasi tomonidan huquqiy hamrohlik qilingan.

Davaktiv agentligi matbuot xizmatining xabar berishicha, konsultant tavsiyasiga asosan, shuningdek, talabgor tomonidan taklif etilgan narxning yuqoriligi hisobga olgan holda, SG ENGINEERING AND DEVELOPMENT MCHJ tender g‘olibi deb topildi.


Ma’lumot uchun, SG ENGINEERING AND DEVELOPMENT MCHJ 2021 yilning noyabr oyida tashkil etilgan. Muhandislik izlanishlari va texnik maslahatlar berish sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Tashkilotning ustav fondi 9 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Kompaniya haqida

«O‘zGASHKLITI» DUK 1963 yilda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini O‘zbekiston davlat muhandislik-texnik tadqiqotlar instituti sifatida boshlagan.

Keyinchalik investorlarga sotish maqsadida 2021 yil avgust oyida mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etilgan.

Maydoni 0,21 gektar. Bino va inshootlarning maydoni 5 079 kv.metrni tashkil etadi. Xodimlarning umumiy soni 738 kishi. 2020 yil davomida «O‘zGASHKLITI» DUK tomonidan 104,1 mlrd so‘mlik ishlar bajarilib, 4,6 mlrd so‘m sof foyda olingan.

Kompaniyaning asosiy aktivi bo‘lgan professional xodimlar jamoasi shaharsozlik obektlari qurilishini loyihalash sohasida murakkab loyiha va tadqiqot ishlarini bajarishga qodir.