Sentabr oyi dastlabki pentadasi (besh kunligi) issiq kelishi prognoz qilinmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Xususan, 2−4 sentabr kunlari havo harorati maksimumi respublikanining shimoliy va markaziy viloyatlarida +39 darajagacha, janubiy viloyatlarida esa +40 darajagacha issiqlikka ko‘tariladi.

Mintaqadan antitsiklonning chekinishi sabab G‘arbiy Yevropani uzoq muddat qizitgan, issiqroq havoning g‘arbdan asta kirib kelishi uchun sharoit yuzaga kelmoqda. Mazkur issiqroq havo to‘lqini 4 sentabr kuni respublikaning sharqiy qismi vodiy viloyatlariga ham +37 darajalik issiqlikni taqdim etishi mumkin, deyiladi xabarda.

Payshanba kunidan boshlab respublikada havo harorati hududlarda quyidagicha ko‘tariladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlarida harorat kechasi +17…+22, kunduzi 1 sentabrda +33…+38, 2−4 sentabrda +32…+37 daraja bo‘ladi.
  • Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18…+23, kunduzi 1 sentabrda +32…+37, 2−4 sentabrda +34…+39 bo‘ladi.
  • Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 1−2 sentabrda kechasi +18…+23, 3−4 sentabrda +20…+25 darajagacha, kunduzi 1 sentabrda +33…+38 daraja, 2−4 sentabrda +35…+40 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1−3 sentabrda +13…+18 daraja, 4 sentabrda +15…+20 daraja, kunduzi +32…+37 bo‘ladi.
  • Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari harorat kechasi +15…+20 daraja, kunduzi +32…+37 daraja bo‘ladi.
  • Tog‘oldi va tog‘li hududlari harorat kechasi +10…+15 daraja, kunduzi +24…+29 daraja bo‘lishi kutilmoqda.