Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 550 mln AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi. Bunda eng ko‘p mahsulot Qozog‘iston va Rossiyaga jo‘natilgan.

5 oylik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 447,3 ming tonna;
  • Rossiya — 253,5 ming tonna;
  • Qirg‘iz R. — 93,3 ming tonna;
  • Xitoy — 56 ming tonna;
  • Afg‘oniston — 23,2 ming tonna;
  • Belarus R. — 16,6 ming tonna;
  • Tojikiston — 12,4 ming tonna;
  • Pokiston — 8,9 ming tonna;
  • Eron — 8,2 ming tonna;
  • Turkiya — 8 ming tonna;
  • Ukraina — 5,3 ming tonna;
  • Gruziya — 5,2 ming tonna;
  • Ozarbayjon — 4,3 ming tonna;
  • BAA — 3,3 ming tonna;
  • Germaniya — 1,7 ming tonna.

Bundan tashqari, Statistika qo‘mitasi joriy yilning 7 oyi davomida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlar ro‘yxatini ham ma’lum qildi.

Eksport hududlar kesimida:

  • Farg‘ona viloyati — 165,8 ming tonna;
  • Samarqand viloyati — 106,1 ming tonna;
  • Toshkent viloyati — 101,9 ming tonna;
  • Xorazm viloyati — 93,5 ming tonna;
  • Toshkent shahri — 91,5 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati — 84,9 ming tonna;
  • Andijon viloyati — 67,5 ming tonna;
  • Jizzax viloyati — 64,3 ming tonna;
  • Namangan viloyati — 61 ming tonna;
  • Buxoro viloyati — 51,9 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati — 30,2 ming tonna;
  • Qashqadaryo viloyati — 22,6 ming tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. — 17,5 ming tonna;
  • Navoiy viloyati — 8,1 tonna eksportni amalga oshirgan.