«sportchilar» tegli maqolalar


Prezident Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yakka kurashdan boshqa sport turlaridan ham medallar kutmoqda
5 fevral 2024, 17:45

Prezident Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida yakka kurashdan boshqa sport turlaridan ham medallar kutmoqda

Shavkat Mirziyoyev Parijda bo‘ladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga qattiq tayyorgarlik ko‘rishni tayinladi. “Bu yilgi yutuqlarni Tokiodagi kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qo‘lga kiritamiz, degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri. Natija tarixda eng yaxshisi bo‘lishi uchun hozirdan chora ko‘rish kerak”, dedi u.

12-mart kuni beshinchi Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi
27 fevral 2023, 20:32

12-mart kuni beshinchi Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi

12-mart kuni “V International Tashkent Marathon” va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi. Professional va havaskor sportchilar 5-martgacha 42 km, 21 km, 10 km, 3 km masofa uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu yil ilk bor “Kids Run” poygasi ham bo‘lib o‘tadi.

19 avgust kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar sportchilarni kutib olish maqsadida vaqtincha yopiladi
19 avgust 2022, 11:14

19 avgust kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalar sportchilarni kutib olish maqsadida vaqtincha yopiladi

19 avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish maqsadida soat 18:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan vaqtda poytaxtning bir necha ko‘chalari avtomobillar harakati uchun yopiladi.

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident
23 may 2022, 18:20

«Sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda» — prezident

O‘zbekistonda biror sport turi bo‘yicha mahalliy olimlar tomonidan na metodika, na dastur ishlab chiqilgan. Sport diyetologiyasi, farmakologiyasi, psixologiyasi, kardiomashg‘ulotlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydi, deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda. «Bugungi kunda sportchilarni tayyorlash 30 yil oldingi dasturlar asosida amalga oshirilmoqda», — dedi u.

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
23 may 2022, 17:13

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

O‘zbekistonda sportchilarni tayyorlash va seleksiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi. Shavkat Mirziyoyev yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilish borasidagi yondashuvlar o‘zgartirilishini ma’lum qildi. Buxoro tajribasi asosida — yaxshi natijaga erishgan yosh sportchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi va ular maxsus guruhlarda bepul o‘qitiladi, sport maktabi trenerlarining ish haqi 35 foizga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting