10 avgust kuni Farg‘ona viloyati va Quvasoy shahar IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir o‘tkazildi. Tekshiruv davomida Quvasoy shahar Kokilon mahalla hududida Ya.M va U.M ismli ayollar bilan bir guruh bo‘lgan holda 938 kg miqdordagi temir buyumlarni evaziga ko‘k rangli qog‘ozga o‘ralgan «gashish» giyohvandlik moddasini sotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatiga tayanib xabar beriladi.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ya.M va U.M ismli ayollar protsessual tartibda ushlangan.

Ma’lumot uchun, JKning 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda qariyb yarim kilogramm «gashish»ni sotmoqchi bo‘lgan ikki fuqaro ushlangan edi.