Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, paxta xomashyosi minimal narxlarini e’lon qilish vazifasi yuklatilgan.

Qoraqalpog‘istonlik fermerlar jahon bozorida shakllangan narxlar, mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna paxta xomashyosining minimal narxlari o‘rta tola navli paxta xomashyosi uchun QQS bilan birga — 10 025 000 so‘mni, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosi uchun QQS bilan birga — 15 120 000 so‘m qilib belgilanishiga munosabat bildirdi. Ular mazkur narxlar paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari tomonidan amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, sug‘orish, chekanka qilish va yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosi xarajatlarini qoplashga va istiqbolda yaxshi daromad olishlari uchun zamin yaratishiga ishonishini ta’kidlashdi.

Qoraqalpog‘istonlik fermerlar fikriga ko‘ra, tavsiya etilayotgan minimal narxdan kelib chiqqan holda paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida paxta xomashyosi narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilashi Uzbekistonda paxtachilik sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

Qoraqalpog‘istonda 2022 yil paxta hosili uchun fermerlar tomonidan 86 700 gektar maydonga chigit ekilgan bo‘lib, 251 500 tonna hosil olish rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘istonlik tajribali fermerlar, fidoiy dala mehnatkatkashlari sifatli bajarilgan agrotexnika tadbirlari tufayli yaratilajak mo‘l hosil, undan keladigan daromaddan, eng avvalo, o‘zlari, jamiyat katta naf ko‘rishini yaxshi biladi, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni chuqur his etadi.

Fermerlar O‘zbekiston prezidentining ularga ko‘rsatyotgan beqiyos g‘amxo‘rligi, kamtarona mehnatiga bo‘lgan yuksak e’tiborini qadrlaydi. Bunday e’tibor fermerlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklashini ham unutmaydi.

Qoqaqalpog‘iston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Quanыshbay Nurыmbetov

Reklama huquqlari asosida.