Xalqaro temir yo‘llar marshrutlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfli yuklarni tashish bugungi kunda deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda RTL Alliance mijozlari Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziyadan ushbu turdagi yuk tashish ritmini sekinlashtirmaslikka yordam beradigan muqobil yo‘nalishlar bilan kompaniyaning multimodal xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shunday qilib, RTL Alliance o‘zining kompleks logistika va transmilliy tashish bo‘yicha ekspert sifatidagi obro‘sini yana bir bor tasdiqladi.


«Bugungi kunda Xitoydan O‘zbekistonga xavfli yuklarni yetkazib berish uchun nafaqat tegishli malaka va tajriba, balki muqobil logistika yechimlari ham kerak. Ularsiz buni amalga oshirishning iloji yo‘q. RTL Alliance kompaniyasida shunday yechimlar mavjud bo‘lib, bu mijozlarimizga o‘z logistikasi sur’atini sekinlashtirmaslik imkonini beradi», — dedi Gennadiy Gogeniya, RTL Alliance bosh direktori.

Xavfli yuklarni yetkazib berish bo‘yicha RTL Alliance multimodal logistika xizmatining afzalliklari — ishni vaqtida bajarishning barqarorligi va tashish uchun qabul qilinadigan yuklarni tasdiqlash jarayonining vaqti tejalishidir.

Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Indoneziyadan O‘zbekistonga xavfli yuklarni yetkazib berishning tranzit muddati 45 kunni tashkil etadi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tashish uchun 2, 3, 4, 5.1, 8, 9 xavflilik toifalaridagi yuklar qabul qilinadi.

Hindistondan O‘zbekistonga yetkazib berish jarayoni kamida 40 kunni tashkil etadi. Tashish uchun 5.1, 8, 9 xavflilik toifasidagi yuklar qabul qilinadi.

Kompaniya yangi muqobil logistika yechimlariga talab ortib borayotganini qayd etishda davom etmoqda. Yuklarni tashish uchun buyurtmalar RTL Alliance kompaniyasining O‘zbekiston bo‘limi saytida qabul qilinadi.

RTL Alliance kompaniyasi haqida

RTL Alliance xalqaro logistika kompaniyasi bo‘lib, 2012 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda hamda multimodal va temiryo‘l logistikasi sohasida bozor yetakchilaridan biri hisoblanadi. BAME Xalqaro ekspeditorlar va logistika assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Eng yaxshi multimodal ekspeditor 2021» maqomi ham buni tasdiqlaydi.

Kompaniya o‘ziga xos xususiyatlarga ega logistika mahsulotlarini ishlab chiqaradi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va multimodal tarzda yuk tashishni amalga oshiradi. RTL Alliance temir yo‘l, avtomobil, dengiz va havo transportida ham to‘liq, ham yig‘ma yuklarni tashishni amalga oshiradi.

RTL Alliance yuqori BBB kredit reytingiga ega. Bu kompaniyaning yuqori kredit qobiliyatini va past investitsiya xatarlariga egaligini tasdiqlaydi. RTL Alliance BIK Ratings auditidan yuqori baho olgan logistika sohasidagi yagona kompaniyadir.

Reklama huquqlari asosida.