Iyul oyida Germaniyaning Frankfurt shahrida Xalqaro STEM olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. The British School of Tashkent ning 13 nafar o‘quvchisi ushbu xalqaro tanlovda O‘zbekiston sharafini himoya qilish uchun saralandi. Ishtirokchilar «Ilmiy tadqiqotlar», «Matematika» va «Informatika» yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo bo‘ylab 300 nafar boshqa o‘quvchilar bilan raqobatlashdilar.


The British School of Tashkent o‘quvchilarining barcha toifadagi medallarni qo‘lga kiritganini mamnuniyat va faxr bilan e’lon qiladi. Bu maktabdagi o‘quvchilar va o‘qituvchilarning yuqori malakasini, shuningdek MIT (Massachusets Texnologiya instituti) ga tegishli STEM dasturining yuqori sifatini ko‘rsatadi.

The British School of Tashkent nafaqat maktab, balki O‘zbekiston xalqi g‘ururlanishga sabab bo‘lgan o‘z o‘quvchilarini chin dildan tabriklaydi.

  • Robiyaxon Anvarova: matematika va fan bo‘yicha — ikkita oltin medal;
  • Lutfullaxon Xusanxo‘jayev kodlash bo‘yicha — oltin va matematika bo‘yicha kumush medallari;
  • Oybek Ablaqulov: kodlashda — oltin, fanda — bronza;
  • Ziyodilla Isroilov: matematika fanidan — oltin;
  • Larisa Lyuis: kodlash va fan bo‘yicha — ikkita kumush medal;
  • Djelil Ege Pыnar: kodlashda — kumush, fanda — bronza;
  • Kamolbek G‘ulomjonov: matematika bo‘yicha — bronza;
  • Arslan Astanov: fanda — oltin, matematikada — kumush;
  • Firdavs Islomov: kodlash bo‘yicha — bronza;
  • Sabina Arifdjanova: matematikadan — oltin, fandan — kumush;
  • Temurbek Asqarov: fanda — bronza;
  • Muxammadali Usmonaliyev: matematika bo‘yicha — bronza;
  • Saltan Nurgali: fanda kumush, kodlashda — bronza.

The British School of Tashkent o‘z o‘quvchilarini birinchi o‘ringa qo‘yadi, ular maktab qilayotgan har bir ishning asosidir. Ushbu xalqaro musobaqada o‘quvchilarning ishtiroki va erishgan yutuqlari darsda va uning tashqarisida berilgan ta’limning yuqori sifatini, xodimlarning malakasini, xalqaro hamjamiyatni, yaxlit ta’limga bo‘lgan e’tiborni, universitetlarga muvaffaqiyatli kirish va yuqori akademik natijalarning ko‘rsatkichidir. Britaniya maktabi xalqaro ta’lim olishni xohlovchil uchun asosiy tanlovga aylandi.


Shuningdek, The British School of Tashkent maktabning ajralmas qismi bo‘lgan ota-onalar hamjamiyatiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Bu natijalar ularning ishonchisiz amalga oshmas edi va maktab ularning doimiy qo‘llab-quvvatlashlari uchun tashakkur izhor etadi.


The British School of Tashkent bog‘chadan 13-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga zamonaviy Britaniya xalqaro ta’limini taklif etadi. Maktab 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 600 ga yaqin o‘quvchilardan iborat muassasaga aylangan. Maktab 40 dan ortiq millat vakillaridan iborat bo‘lib, bu ta’lim olish hamda ishlash uchun chinakam xalqaro muhit yaratib beradi.

«Sayram» kampusi

Telefonlar: (+998) 71−268−5561, (+998) 71−268−5562.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘ch., 30.

«Qalandar» kampusi

Telefonlar: (+998) 71−262−6020, (+998) 71−262−6024.
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Qalandar ko‘ch., 3.

Sayt: britishschool.uz
Facebook: fb.com/britishschooltashkent
Instagram: @britishschooltashkent
Telegram: t.me/britishschooltashkent

Reklama huquqlari asosida.