Iyun-iyul oylarida DXX tomonidan «O‘zneftgazinspeksiya» va «O‘ztransgaz» bilan hamkorlikda gaz quyish shoxobchalari (AGTKSH) tomonidan tabiiy gazdan foydalanishda bir qator qonunbuzarliklar aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Aniqlangan barcha qoidabuzarliklarni kelib chiqishi AGTKSHlarning o‘lchov tizimlaridagi ko‘rsatkichlarga tashqi ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishning hisoblangan miqdori:

  • Buxoro viloyatidagi 3 ta AGTKSH — 2,2 mlrd so‘mlik;
  • Samarqand viloyatidagi 2 ta AGTKSH — 3,3 mlrd so‘mlik;
  • Sirdaryo viloyatidagi 5 ta AGTKSH — 3,6 mlrd so‘mlik;
  • Jizzax viloyatidagi 17 ta AGTKSH — 31,3 mlrd so‘mlik;
  • Qashqadaryo viloyatidagi 1 ta AGTKSH — 1,5 mlrd so‘mlik.

«Hisob-kitoblarga asosan, mazkur korxonalar tomonidan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 41,9 mlrd so‘mni yoki 209 mingga yaqin xonadonlarni yoz mavsumidagi bir oylik tabiiy gaz iste’moliga teng bo‘lgan», — deyiladi xabarda.