Orinbayev Amanbay Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar qildi.

Bunga qadar A.Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. U 2022 yil mart oyida mazkur lavozimga tayinlangan edi.