29 iyuldan 7 avgustga qadar Milliy kutubxona va Hyatt Regency mehmonxonasi yonidagi maydonda gastronomik bayram — Tashkent Food Fest festivali bo‘lib o‘tadi. Toshkent shahar hokimligi “Food Fest 2022” festivalini tashkillashtirmoqda. Tadbir hamkori Pepsi brendi bo‘ldi.


Festivalda milliy va Yevropa taomlarining 60 dan ortiq gastronomik brendlari, steykxauslar va qahvaxonalar namoyish etiladi, ular uzoq vaqtdan buyon Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga juda yoqib kelmoqda. Xususan, Yaponamama, Ramiz, Basri Baba, La Cantine, Sofia, Cake Lab, Motti, Arrows & Sparrows, Altin, Shashlik #1, EVOS, Black Star Burger, Gosht, Oqtepa Lavash, Tin`s Hot Dog, Khan Chapan, Rashidov`s va boshqa ko‘plab poytaxtimiz kafe va restoranlari ishtirok etishlarini tasdiqladilar.


Food-fest`da bunday issiq havoda zarur bo‘lgan oziq-ovqatlarga alohida e’tibor beriladi. Taomlar bayramida 10 ta taniqli muzqaymoq va yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi brendlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida GIA, Dolce Italia, Puro, Air Waffle, Hi Food, ASU, Caffelito, BarBarista va boshqalar bor.


Lekin O‘zbekistonda palovsiz bayram bayrammi? “Palov markazi” nomi bilan mashhur “Besh qozon” restoranining oshpazlari har kuni besh xil qozonda besh xil palov tayyorlashadi.

Tadbirning barcha 10 kuni davomida festival mehmonlarini o‘zbek estradasining yorqin yulduzlari chiqishi, sovrinli o‘yinlar, raqs va ko‘ngilochar shou-dastur bilan katta bayram kutmoqda.


Taom festivali 10 kun davomida nafaqat Toshkentdagi gastronomik hayot markazi, balki biznes muzokaralari va uchrashuvlari uchun muhim maydonga aylanadi. Biznes vakillari foydali shartnomalar tuzishlari, yangi hamkorlar topishlari va, albatta, minglab potensial mijozlarga o‘z mahsulotlarini namoyish etishlari mumkin bo‘ladi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 kun davomida festivalga 300 mingdan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.


Festival kunlari: 29 iyuldan 7 avgustgacha
O‘tkazilish joyi: Milliy kutubxona yonidagi maydon

Kirish bepul.

Festival dasturi bilan quyidagi telefon raqamlari orqali tanishishingiz va batafsil ma’lumot olishingiz mumkin: (+998) 71−203−05−00, (+998) 71−203−06−00.

Reklama huquqlari asosida.