Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar berdi O‘zA.

Tezkor tadbir DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazildi. Unda aniqlanishicha, Sho‘rchi tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan Q.M. Toshkentning Yunusobod tumanidagi avtomoykalardan birida ishlashi davomida, internet orqali diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolgani aniqlangan.

U tarmoq orqali 1996 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi, Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» media markazi xodimi, diniy laqabi «Saad Muxtor» bo‘lgan «A.A» bilan muloqotda bo‘lib, uning g‘oyaviy ta’siri ostida «hijrat» va «jihod» qilish maqsadida Suriyaga chiqib ketishni reja qilganlikda gumonlanmoqda.