9 iyul, shanba kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlanadi. Musulmonlar idorasi respublika bo‘ylab Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:

  • Andijon viloyati — 05:05;
  • Buxoro viloyati — 05:35;
  • Jizzax viloyati — 05:20;
  • Navoiy viloyati — 05:30;
  • Namangan viloyati — 05:05;
  • Samarqand viloyati — 05:25;
  • Sirdaryo viloyati — 05:20;
  • Surxondaryo viloyati — 05:25;
  • Toshkent viloyati — 05:15;
  • Toshkent shahri — 05:20;
  • Farg‘ona viloyati — 05:05;
  • Xorazm viloyati — 06:00;
  • Qashqadaryo viloyati — 05:30;
  • Qoraqolpog‘iston Respublikasi — 06:05.

Eslatib o‘tamiz, 2020 va 2021 yillarda O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi pandemiya munosabati bilan ado etilmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi uning o‘rniga, quyosh chiqqandan keyin 4 rakatli Zuho namozini o‘qishni tavsiya qilgan edi.