Markaziy bank O‘zbekiston tijorat banklarida naqd xorij valyutasi qolmaganligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Ayni paytda respublikamizdagi barcha tijorat banklari naqd xorijiy valyuta bilan ta’minlangan va ularda jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyuta sotish va sotib olish amaliyotlari hamda xorijdan pul o‘tkazmalari uzluksiz ishlamoqda», — deyiladi xabarda.

Regulyator Xalq banki, Ipak yo‘li bank, Trastbank, Kapitalbank, Hamkorbank, Mikrokreditbank, Agrobank, Infinbank va Ipoteka bank naqd valyuta va pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq amaliyotlarda cheklovlar va muammolar yo‘qligini aytmoqda.

Naqd valyuta bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgan aholidan Markaziy bankning (+998 71) 212−62−05, (+998 71) 200−00−44 ishonch telefonlariga murojaat etish so‘ralmoqda.