Prezidentning joriy yil 30 apreldagi [PF-131-son] farmoniga muvofiq, 2022 yilda o‘zbekistonliklar rasmiy sanalarni nishonlash arafasida dam oladigan sanalarga o‘zgartirishlar kiritilgandi.

Hujjatga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Qurbon hayit arafasida 4 kun dam oladi.

  • 9 iyul — shanba (bayramning birinchi kuni — bu hali rasman tasdiqlanmagan);
  • 10 iyul — yakshanba (dam olish kuni);
  • 11 iyul — dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni);
  • 12 iyul — seshanba (haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlaydiganlar uchun 16 iyuldan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Mazkur sanalarda dam olinishi hali rasman tasdiqlangani yo‘q, biroq, bu katta ehtimol bilan o‘zgarishsiz qoladi va O‘zbekiston musulmonlari idorasining xulosasiga ko‘ra, prezidentning Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorida aks etadi.

Uzbekistan Airways esa an’anaga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan 50% chegirmani yuqoridagi sanalarda taqdim etmoqda.

«Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2022 yil 9 iyuldan 12 iyulgacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflarga 50% chegirma e’lon qiladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may — dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.