Buxoro viloyati IIB hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, fuqaro Sh. A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga ukasining nomidagi «G.A.» MCHJga qarashli 7 gektar ekin yer maydonini 120 ming dollarga sotishga kelishgan. Sh. A. huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan kelishilgan pulning 20 ming dollarini oldindan olyotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh. A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.