Joriy yilgi test agar davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa, OTMga kirish imtihonlari to‘liq yopiq binolarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Javlon Nurmatov ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zA.

«Agar davlat komissiyasining yoki maxsus komissiyaning takliflari, cheklovlari bo‘lmasa hozirgi vaqtda tayyorgarlik ishlari to‘liq yopiq binolarda o‘tkazishga rejalashtirilib olib borilmoqda», — dedi DTM vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yil ham avvalgi yillardagi kabi abituriyentlarga suv va ruchka beriladi.

Javlon Nurmatov aniq fanlar blokida qoralama qog‘ozlar berilishi masalasida Cambridge takliflari inobatga olinganini qo‘shimcha qildi.

«Qoralamalar masalasida DTMda test savollarining, ayniqsa, aniq fanlarga ishlash uchun qulaylashtirish maqsadida kitoblarda savollarning oraliq masofalari Cambridge takliflaridan kelib chiqqan holda aynan ishlash va hisob-kitob uchun ma’lum bir joylar qoldiriladi», — dedi u.