Turkiyaga ikki nafar qizni aldab, fohishalik qilish uchun yuborayotgan ayol ushlandi. Mazkur holat DXX va IIV xodimlari o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi (1978 y.t.) ayol qizlarni aldov yo‘li chetga chiqarib yuborishga uringan.

U Toshkent xalqaro aeroportida Yangiyo‘l tumanida yashovchi (1999 y.t.) hamda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi (2002 y.t.) qizlarni Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha samolyotga chiqarib yubormoqchi bo‘lganiga qo‘lga olingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.