Qozog‘istonning Turkiston viloyati O‘tirar tumani politsiya bo‘limi xodimlari mamlakat hududida noqonuniy tarzda bo‘lib turgan 51 nafar chet el fuqarosini aniqladi, deb xabar berdi Turkiston viloyati Politsiya departamenti.

Ularning barchasi Qoraqo‘ng‘ir QFYning cho‘l hududlarida dorivor kavrak yig‘ish bilan shug‘ullangan. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan 31 nafari O‘zbekiston, 17 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Ularga nisbatan Qozog‘iston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 517-moddasi 5-qismi (Chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan Qozog‘iston Respublikasining aholi migratsiyasi sohasidagi qonunchiligini buzish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Sud qarori bilan fuqarolar mamlakatdan chiqarib yuborilgan.