O‘zbekiston Transport vazirligi Vengriyaning Wizz Air loukoster aviakompaniyasining sho‘’ba korxonasi bo‘lgan Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi, deb xabar berdi O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Abdulaziz Akkulov «Gazeta.uz»ga.

Unining so‘zlariga ko‘ra, Wizz Air Abu Dhabi aviakompaniyasi Abu-Dabidan (BAA) Toshkent va Samarqandga to‘rtta reysni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Abdulaziz Akkulovning ta’kidlashicha, loukastr oktabr oyida 298 ta ekonom klass o‘rinlariga ega Airbus A321 samolyotiga buyurtma bergan.

«28 aprel kuni ular bilan uchrashuv o‘tkazdik. Ular ruxsat olgach, reyslar kalkulyatsiyasini boshlashdi. Ular loukaster sifatida yaxshi narxlarni va’da qilishmoqda», — dedi u.

O‘zbekiston Wizz Air loukasterini 2019 yildan buyon chorlab kelmoqda. 2021 yil sentabr oyida aviakompaniya Budapeshtdan Toshkent, Buxoro va Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani xabar qilingan edi.

Wizz Air Abu Dhabi — arzon narxlarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya bo‘lib, Abu-Dabi (BAA) Xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya 51 foiz aksiyalarga egalik qilayotgan ADQ (avvalgi Abu Dhabi Developmental Holding Company, ADDH) davlat kompaniyasi va qolgan 49 foiz egasi hisoblangan Wizz Air Holdings qo‘shma korxonasi hisoblanadi.