2022 yilda Toshkentda bir qator qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Tadbirlarning maqsadi — poytaxtliklarning bo‘sh vaqtini mazmunli va esda qolarli voqealarga boy qilib o‘tkazish, shuningdek, sayyohlarga O‘zbekiston xalqi madaniyati va san’ati namunalarini namoyish etish, ularda shahar haqida ajoyib xotiralar qoldirishdan iborat.


6−10 may kunlari toshkentliklar va poytaxt mehmonlari Gullar bayrami jozibasidan bahramand bo‘lishdi, 8 may kuni esa Tashkent Opera Fest 2022 ga start berildi. 29 mayga qadar opera ixlosmandlari konsertlarda qatnashishlari va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldida, O‘zbekiston Davlat akademik teatri, «Yangi O‘zbekiston» istirohat bog‘ida, xalqaro va mahalliy aeroportlar, metro bekatlari, restoranlar va Toshkent xiyobonlarida o‘tkaziladigan fleshmoblarda ishtirok etishlari mumkin.

Tadbir soat 19:30 da boshlanadi.

Tadbirlar jadvali va opera festivali haqidagi tafsilotlar bilan Toshkent hokimligining rasmiy Telegram kanalida tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqlari asosida.