14 may kuni Federal Oliy kengash valiahd, shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti etib sayladi, deb xabar bermoqda WAM axborot agentligi.

Kengash yig‘ilishi BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri va Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum boshchiligida Abu-Dabidagi Al-Mushrif saroyida bo‘lib o‘tdi.

Prezident ishlari vazirligi bayonotiga ko‘ra, Konstitutsiyaning 51-moddasiga asosan shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 73 yoshida vafot etgan prezident shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning o‘rnini egallash uchun bir ovozdan prezident etib saylandi. U marhum davlat rahbarining ukasi hisoblanadi.

Janobi oliylari, Oliy kengash a’zolari va Amirliklar hukmdorlari shayx Halifa tomonidan asos solingan qadriyatlar va prinsiplarni amalga oshirishni davom ettirishini yana bir bor tasdiqladi. Bu ham mintaqaviy, ham global miqyosda BAA maqomini mustahkamlaydi, deyiladi xabarda.

Federal Oliy kengash BAA xalqi «ittifoq va uning barcha darajadagi fathlari sodiq qo‘riqchisi» bo‘lib qolishiga ishonch bildirdi.