Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun budjet 2022» yangilangan nashrida O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi tashkilotlar nomini taqdim etdi.

Spot`ning yozishicha, ro‘yxat 2021 yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar budjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Foto: Adliya vazirligi

  1. «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 20,2 foiz;
  2. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 11 foiz;
  3. «O‘zbekneftgaz» — 2,2 foiz;
  4. «O‘ztransgaz» — 1,9 foiz;
  5. UzBAT — 1,3 foiz;
  6. «Hududgazta’minot» — 1,3 foiz;
  7. «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,7 foiz;
  8. Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
  9. UzAuto Motors- 0,5 foiz;
  10. «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,5 foiz.