Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindorlar, ularning murabbiylari rag‘batlantiriladi. Bu prezidentning
5 maydagi «2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida»gi qarorida [234-son] ko‘zda tutilgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar:
- oltin medal uchun — 5000 AQSh dollari;
- kumush medal uchun — 3000 AQSh dollari;
- bronza medal uchun — 2000 AQSh dollari;
G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:
- oltin medal uchun — 2500 AQSh dollari;
- kumush medal uchun — 1500 AQSh dollari;
- bronza medal uchun — 1000 AQSh dollari;
boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):
- oltin medal uchun — 2000 AQSh dollari;
- kumush medal uchun — 1000 AQSh dollari;
- bronza medal uchun — 500 AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Bundan tashqari, g‘olib va sovrindorlar, murabbiylar qo‘shimcha ravishda mahalliy budjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
G‘olib va sovrindorlar:
- oltin medal uchun — BHMning 300 baravari (81 mln so‘m);
- kumush medal uchun — BHMning 200 baravari (54 mln so‘m);
- bronza medal uchun — BHMning 100 baravari miqdorida (27 mln so‘m);
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
G‘olib va sovrindorlarni tayyorlagan murabbiylar:
- oltin medal uchun — BHMning 200 baravari miqdorida (54 mln so‘m);
- kumush medal uchun — BHMning 100 baravari miqdorida (27 mln so‘m);
- bronza medal uchun — BHMning 50 baravari miqdorida (13 mln 500 ming so‘m) pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.