18 aprel, bugun poytaxtda kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deya xabar berdi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, kuchli shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

Shu sababli, poytaxt hokimligi aholidan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmaslikni, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishni so‘radi.