Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 12 апрелдан amal qiluvchi kurslarini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

  • 1 AQSh dollari 15,31 so‘mga pasaydi va 11 329,38 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 45,67 so‘mga o‘sdi va 12 377,35 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 4,98 so‘mga pasaydi va 142,94 so‘mga teng bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi bir hafta oldin so‘nggi marotaba o‘sganidan beri pasayishda davom etmoqda. Rubl esa oxirgi ikki yildagi so‘mga nisbatan rekord ko‘rsatkichini qayd etganidan so‘ng pasaydi.