14 mart kuni soat 11:00 dan 11:20 gacha Uzcard orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘lov xizmatlari ishida nosozlik yuzaga keldi.

Yagona respublika protsessing markazining xabar berishicha, ushbu davrda «potensial texnik nosozliklar aniqlanganligi munosabati bilan jarayonlarni optimallashtirish bo‘yicha ishlar tezkorlik bilan boshlangan».

«Ayni paytda «to‘lovlar tiklandi va odatdagidek ishlamoqda. POS-terminallar orqali to‘lovlar va bankomatlardan naqd pul yechib olish ham odatdagidek amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.